Jahon | 10:39 / 06.12.2015
2924
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda ilk bor elchi lavozimini ayol kishi egalladi

Eron prezidenti Xasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, mamlakatning Malayziyadagi yangi elchisi ayol kishi — Marziya Afxam tayinlandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Eronlik xotin-qizlar jamoat, sport va boshqaruv ishlarida faol ishtirok etmoqda. Buni yaqinda eronlik ayolning elchi lavozimiga tayinlanganida ham ko‘rish mumkin”, — dedi Ruhoniy.
Uning ta'kidlashicha, Afxamning elchi sifatida tayinlanishi, mamlakat ayollarining imkoniyatlarini keng ko‘lamda o‘rganish imkonini beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish