Jahon | 11:03 / 09.12.2015
3181
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldagi AQSh konsulligi tahdid xavfi borligi sabab ishini to‘xtatib turadi

Istambuldagi AQSh konsulligi tahdid xavfi borligi sabab 9 dekabrda o‘z ishini to‘xtatib turadi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilingan.

“Istanbuldagi AQSh konsulligiga tahdid xavfi ma'lumoti borligi sabab, u 2015 yil 9 dekabrdan cheklangan rejimda ishlaydi”, — deyiladi e'londa.

Ma'lum qilinishicha, ushbu kunga mo‘ljallangan xizmatlar sal keyinroqqa qoldiriladi. Konsullik mamlakatdagi AQSh fuqarolarini “yuqori darajada ogoh bo‘lishlikka, mahalliy yangiliklarni kuzatib borishga va shaxsiy xavfsizligini ta'minlashda kerakli chora-tadbirlarni qo‘llashga” chaqirdi. Xavfning qay darajada ekanligiga oydinlik kiritilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish