Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:38 / 10.12.2015
3808
1 daqiqa o‘qiladi
Shotlandiya universiteti Trampni faxriy darajadan mahrum qildi
Robert Gordon nomli Shotlandiya universiteti AQSh prezidentligiga nomzod va milliarder Donald Trampni musulmonlar haqidagi so‘zlaridan so‘ng faxriy unvondan mahrum qildi. Bu haqda Time nashri yozmoqda.
“Tramp universitetning axloqiy prinsiplari va qadriyatlariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan bir qator bayonotlar berdi”, - deyiladi OTM matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada.
2010 yili Tramp bu yerda biznes boshqaruvi doktori faxriy unvonini olgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish