Jamiyat | 09:07 / 13.12.2015
2121
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada masjidga o‘t qo‘yishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

AQShning Kaliforniya shtati politsiyasi masjidni yoqib yuborgani gumon qilingan shaxsni qo‘lga olishdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.

Shtatdagi Palm-Springs shaharchasi markazidagi masjidda yong‘in chiqqandi. Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.

Kalifoniyada istiqomat qiluvchi musulmonlar jurnalistlarga oxirgi vaqtlarda, xususan San-Bernardinodagi ommaviy qotillik voqeasidan keyin tahdid xavfi ostida qolishganini aytishgan.

Hukumat vakilining aytishicha, ayni vaqtda kaliforniyaliklar orasida diniy nafrat va irqchilik kayfiyatlari kuchaygan.

Eslatib o‘tamiz, 2 dekabr kuni Palm-Springsdan 120 km masofadagi San-Bernardino shahridagi nogironlarni himoya qilish markazida shu markaz xodimi Sayd Rizvan Faruq va uning rafiqasi Tashfen Malik otishma sodir etgan hamda 14 kishini o‘ldirib, 21 kishini jarohatlashgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish