Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaliklar barcha dronlarni ro‘yxatdan o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi
AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi dronlarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgiladi, deb xabar beradi Reuters agentligi.
Qoidalar 13 yoshdan oshgan barcha AQSh fuqarolariga taalluqlidir. Ular o‘z dronlarini 2016 yil 16 fevraliga qadar ro‘yxatdan o‘tkazishlari talab etiladi. Agar kvadrokopter 21 dekabrdan keyin sotib olingan bo‘lsa, uni uchirish oldidan ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinadi.
Bu talablar 250 gr dan 25 kg gacha bo‘lgan barcha dronlarga tegishlidir. Ro‘yxat raqami olinganidan so‘ng uni dronga tushirish kerak bo‘ladi.