Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:11 / 15.12.2015
4470
1 daqiqa o‘qiladi
Armanistonda umrbod qamalgan 28 mahbus ochlik e'lon qildi
Yerevanning “Nubarashen” qamoqxonasida umrbod qamalgan 28 mahbus ochlik e'lon qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Aktsiya ishtirokchilari ularning ishlari qayta ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda. Tegishli murojaat prezident Serj Sargsyanga va adliya vaziriga yuborilgan.
Aytilishcha, javob xatida vazirlik bu borada ish olib borilayotganini xabar qilgan.