Jahon | 09:51 / 18.12.2015
2029
1 daqiqa o‘qiladi

Obama har yillik matbuot anjumanini 18 dekabrda o‘tkazadigan bo‘ldi

AQSh prezidenti Barak Obama 18 dekabr kuni Oq uyda yillik matbuot anjumanini o‘tkazadi, deya xabar bermoqda Reuters.

Obama jurnalistlar bilan muloqot olib borganidan so‘ng 2 dekabrda otishma sodir etilgan Kaliforniyaning San-Bernardino shahriga yo‘l oladi.

Prezident halok bo‘lganlarning oilalari bilan birma-bir uchrashadi.
Oq uyning rasmiy vakili Josh Ernestning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng Obama Gavayiga qishki ta'tilni o‘tkazish uchun otlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2 dekabr kuni Kaliforniya shtatining San-Bernardino shahrida joylashgan imkoniyati cheklangan kishilar markazi hududida otishma sodir etilgan edi. Natijada 14 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi jarohatlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish