Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir Jastin Tryudo Kanadada yil nyusmeykeri deb tan olindi
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo The Canadian Press agentligi tomonidan o‘tayotgan yilning eng kuchli nyusmeykeri deb tan olindi. Jurnalistlar reytingida unga 87 foiz ovoz berildi.
“U saylovoldi kampaniyasida ajoyib chiqishlar qilib, parlament saylovlarida g‘alaba qozondi, ajdodi ham shu lavozimni egallagan birinchi bosh vazir bo‘ldi, hamda uchinchi o‘rindan boshlab, natijada g‘alaba qozongan birinchi partiya yetakchisi bo‘ldi”, — deyiladi keltirilgan ta'rifda.
43 yoshli Jastin Tryudo Kanadaning sobiq bosh vaziri Per Elliot Tryudoning katta o‘g‘lidir. U 2013 yil 14 aprelidan Liberal partiyaga boshchilik qiladi. 2015 yil 19 oktabridagi saylovlarda liberallar g‘alaba qozongach, u Kanadaning 23-bosh vaziriga aylandi.