Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:47 / 22.12.2015
5439
1 daqiqa o‘qiladi
Kolumbiyalik advokatlar “Koinot go‘zali” tanlovini sudga bermoqchi
Bir guruh kolumbiyalik advokatlar “Koinot go‘zali” tanlovini mamlakat aholisi nomidan sudga bermoqchi. Radio Santa Fe’ning xabar berishicha, da'voni De la Espriella Lawers Enterprise advokatlik firmasi tayyorlamoqda.
Ilgari xabar qilinganidek, tanlov boshlovchisi Stiv Xarvi filippinlik g‘oliba Piya Alonso Vurttsbaxning o‘rniga adashib kolumbiyalik Ariadna Gutteresni g‘oliba deb e'lon qilib yuborgan edi. Buning uchun u kechirim ham so‘ragan edi. Gutteresning his-tuyg‘ulari aks etgan video esa ijtimoiy tarmoqlarda xitga aylandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish