Jahon | 11:49 / 29.12.2015
2089
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada bosh vaziri 2016 yilning mart oyida AQShga keladi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo 2016 yilning 10 martida Vashingtonga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda Oq uy vakili Josh Ernest ma'lum qilgan.

"Bu tashrif Qo‘shma shtatlar va Kanada o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashni ko‘zda tutadi", deydi Ernest.

"Bu tashrif shuningdek, kanadalik vazirning safari davomida ikki davlatning energetika, ekologiya, iqlim o‘zgarishi, xavfsizlik va iqtisodiy masalalardagi hamkorligi bo‘yicha muhokamalar o‘tkaziladi", deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish