Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 13:34 / 29.12.2015
2464
1 daqiqa o‘qiladi
Nazarboyev parlamentni Yangi yil bilan tabrikladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev parlament deputatlarini Yangi yil bilan tabrikladi. Uning nomidan tabrikni yig‘ilishda senat spikeri Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘qib eshittirdi.
O‘z murojaatida davlat rahbari ikkala palata vakillariga yil davomida amalga oshirilgan samarali ishlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Jumladan, prezidentlik saylovlari davomida jamiyat o‘z birdamligini namoyish etib, mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha tanlangan kurs to‘g‘riligini yana bir bora tasdiqlagani alohida qayd etildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish