Jamiyat | 18:26 / 30.12.2015
2736
1 daqiqa o‘qiladi

Bahraynda 2014 yilgi teraktga aloqadorlikda ayblangan 29 kishiga hukm o‘qildi

Bahrayn sudi 2014 yilning dekabrida sodir etilgan terakt ijrochilariga chiqarilgan yakuniy hukmni e'lon qildi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, bu teraktga aloqadorligi isbotlangan 29 nafar shaxsga nisbatan 5 yildan umrbod qamoq jazosigacha bo‘lgan turli muddatlarda ozodlikdan mahrum etish jazolari qo‘llangan.

2015 yilning martida ham Bahrayn sudi shialar qishlog‘idagi politsiya mahkamasida portlash uyushtirib, 4 politsiyachining jarohatlanishida ayblangan 11 shaxsga nisbatan 15 yildan qamoq jazosi tayinlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish