Jahon | 17:32 / 30.12.2015
5173
1 daqiqa o‘qiladi
Yangi yil arafasida Qozog‘istonning shaharlararo trassalarini qor bosib qoldi
Qozog‘istonda avtobus haydovchilari va yo‘lovchilari uch kundan buyon boshqa shaharlarga o‘tolmayapti. Ob-havo sharoitlarining yomonlashishi munosabati bilan mamlakatning qator shaharlararo trassalarini qor bosib qoldi, mashinalar harakati to‘xtab qoldi.
Kolesa.kz nashrining yozishicha, eng muammoli vaziyat katta yuk tashuvchi transport vositalari atrofida kuzatilmoqda.29 dekabr kuni Ostonada yo‘l harakati deyarli butunlay to‘xtab qoldi, Qarag‘andada esa 20 ta mashina to‘qnashib ketdi.
Oxirgi kunlarda qutqaruvchilar qariyb ming kishini qor uyumlari orasidan chiqarib olgan, 200 texnika birligi yo‘llardan olib chiqilgan.