Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bryussel Yangi yilni an'anaviy mushakbozliklarsiz qarshi oldi
Bryussel shahri aholisi va shahar mehmonlari yangi 2016 yilni an'anaviy mushakbozliklarsiz, shu bilan birgalikda hech qanday favqulodda ko‘ngilsizliklarga duch kelmagan holda kutib oldi.
RIA Novosti nashrining xabar berishicha, Bryussel shahri rasmiylari xavfsizlik choralarini ta'minlash maqsadida, an'anaviy mushakbozlikni bekor qilib, bayram tadbirlarini qisqartirishga qaror qildi. Pirotexnik vositalar qo‘llab, xursandchiliklar qilish bekor qilingan bo‘lsada, 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi shahardagi restoranlar, barlar va tungi klublar ochiq bo‘lgan.
«Biz Yangi yilni vazminlik va yakdillik bilan kutib olishga qaror qildik», ― dedi shahar burgomistri Ivan Meyor.
Bayram kunlari arafasida IIVga mamlakat poytaxtidagi Gran-Plas maydonida terakt amalga oshirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar qilingandi.
O‘tgan hafta davomida mamlakatning turli hududlarida aksilterror amaliyotlar o‘tkazildi. Bu amaliyotlar chog‘ida 30 yoshli Said Suati (mototsiklchilarning "Kamikadze otliqlar" klubi rahbari) va 27 yoshli Muhammad Karay (shu klub a'zosi) qo‘lga olingandi. Ularning yonidan o‘qotar qurollar topilgan.