Jahon | 12:37 / 01.01.2016
10902
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda mehmonxonadagi yong‘inga qaramasdan bayram salyutlari otildi

Dubayga yangi 2016 yil kirib kelgan vaqtda (Toshkentdan 2 soat keyin) avvaldan belgilanganidek bayramona mushakbozlik bo‘lib o‘tdi. Bunga Dubay shahri markazidagi mehmonxonalardan birida ro‘y bergan yong‘in xalal bermadi.

Yangi yil yaqinlashayotgan soatlarda shaharning sayyohlik hududidagi "Burj ul Arab" binosi yaqinida joylashgan Address Downtown mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in 80 metr balandlikdagi, 63 qavatli mehmonxonaning 20 qavatida yuz bergan.

Hodisa tufayli 15 kishi jarohatlangan va 1 kishi halok bo‘lgan.

Dubay amirligi fuqarolik mudofaasi departamenti rahbari, general-mayor Rashid al-Matrushiy bu yong‘inga qaramasdan bayram tadbirlari davom etishini bildirgandi.

Shaharga Yangi yil kirib kelgan soatlarda osmonga ulkan salyutlar otilgan va katta mushakbozlik shou uyushtirilgan. Tashkilotchilar bu tadbirlar uchun 1,6 tonna miqdoridagi pirotexnika vositalari va 400 mingta LED-chiroqlaridan foydalanilgan.

 

Dubay markazidagi mehmonxona binosida yong‘in chiqdi

Dubaydagi mehmonxonada chiqqan yong‘in oqibatida 15 kishi jarohat oldi, 1 kishi yurak xurujidan vafot etdi

TV: Dubaydagi bayram tadbirlari mehmonxonadagi yong‘in tufayli bekor qilinmaydi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish