Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:27 / 01.01.2016
3826
1 daqiqa o‘qiladi
Iroqdagi Saudiya Arabistoni elchixonasi uzoq yillardan so‘ng yana ish boshladi
Iroqdagi Saudiya Arabistoni elchixonasi 25 yildan so‘ng qayta ochildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Qirollikning Iroqdagi yangi elchisi Tamer as Sabhanning gapicha, elchixonaning ochilishi har ikki tomonning ham terrorizmga qarshi kurashi va xavfsizlikni ta'minlashi bilan uzviy bog‘liq. U, shuningdek, “Ar-Riyod Iroqning barcha siyosiy tomonlari uchun ochiq ekanligini” ta'kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Iroqdagi Saudiya Arabistoni elchixonasi 1990 yilda, Iroqning Kuvaytga hujumi tufayli yopilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish