Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Falastinga hujum paytida halok bo‘lgan 23 arabning jasadini topshiradi
Isroil armiyasi oxirgi oylarda isroilliklar va xavfsizlik kuchlari xodimlariga hujum qilgan 23 falastinlikning jasadini Falastin muxtoriyatiga topshiradi, deb aytdi Isroildagi harbiy manba “Frans Press” axborot agentligiga.
Agentlikning ta'kidlashicha, bu chora Isroil va Falastin o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan.
Isroil va Falastin o‘rtasida keskinlik boshlangandan keyin Falastin tomonidan deyarli har kuni amalga oshirilgan hujumlar oqibatida 19 isroillik halok bo‘lgan, 200 dan ko‘pi jarohat olgan. Falastin tomonidan ixtilof davomida 100 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, ulardan yarmidan ko‘pi Isroil fuqarolariga o‘qotar, sovuq qurol qo‘llash va avtomobil bilan bostirish usuli bilan hujum qilmoqchi bo‘lganda otib tashlangan.