Jahon | 20:23 / 01.01.2016
4376
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari olib kirish taqiqi kuchga kirdi

Rossiyada 1 yanvardan boshlab Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari olib kirish taqiqi kuchga kirdi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

Ukraina 2015 yilning avgust oyidan boshlab oziq-ovqat mahsulotlari olib kirilishi taqiqlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilgan. Ushbu ro‘yxatda AQSh, Yevroittifoq, Kanada, Norvegiya, Avstraliya, Albaniya, Chernogoriya, Islandiya va Lixtenshteyn kiradi.

Taqiqlangan mahsulotlarga esa go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, sabzavotlar, mevalar va yong‘oqlar kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish