Sport | 17:05 / 02.01.2016
2848
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada "Dakar-2016" poygalari boshlanmoqda

2 yanvar kuni, mahalliy vaqt bilan soat 14:00 (Toshkent vaqti bilan soat 22:00) Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida "Dakar-2016" poygalari start oladi. Bu haqda ralli-marafon rasmiy sayti xabar bergan.

Bu safargi ralli-marafon Argentina va Boliviya hududida bo‘lib o‘tadi va 16 yanvar kuni Rosario shahrida yakunlanadi. Bu yilgi poygalar uchun Peru mezbonlik qilmasligini bildirgan.

Marshrut uzunligi 9 ming kilometrni tashkil etadi.

Administrativ va texnik ko‘rikdan so‘ng ishtirokchilar soni oydinlashgan. “Dakar-2016” poygalarida 350dan ortiq transport vositalari startga chiqishi ma'lum qilingan, shulardan 55tasi yuk mashinalari hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, "Parij-Dakar" rallisi 1978 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish