Jahon | 12:07 / 02.01.2016
5673
2 daqiqa o‘qiladi

Dubaydagi mehmonxonadagi yong‘in binoning 40ta qavatiga zarar keltirdi

Yangi yil kirib kelishi arafasida Dubay markazidagi Address Downtown mehmonxonasida yuz bergan yong‘in tufayli 64 qavatli binoning 40 qavati zararlangan. Bu haqda Dubay amirligi Fuqarolik mudofaasi rahbari Txani al-Matrushiyga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.

Uning aytishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 21:30da binoning 20-qavatida boshlangan va tomgacha yuqorilab borgan. Yong‘inni to‘liq bartaraf etish uchun 14 soat davomida o‘t o‘chirish ishlari olib borilgan.

Kuchli shamol o‘tni o‘chirish ishlariga xalal bergani aytilgan. Bu jarayonga jalb etilgan vertolyotlarning ishida samaradorlik kuzatilmagan. O‘t o‘chirish ishlarida 5ta guruh harakat qilgan.

Ayni vaqtda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Bundan oldinroq, yong‘in tufayli 15 kishi jarohatlanib, bir kishi vafot etgani xabar qilingandi.

Dubay markazidagi mehmonxona binosida yong‘in chiqdi

TV: Dubaydagi bayram tadbirlari mehmonxonadagi yong‘in tufayli bekor qilinmaydi

Dubayda mehmonxonadagi yong‘inga qaramasdan bayram salyutlari otildi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish