Jahon | 15:52 / 02.01.2016
7159
1 daqiqa o‘qiladi

Eron o‘nlab odamlarni qatl qilgan Saudiya Arabistoni hukumatini terrorizmni rag‘batlantirishda aybladi

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Husayn Ansoriy Jaberi Saudiya Arabistoni hukumati 47 kishini qatl qilgani haqidagi xabardan keyin bu mamlakatni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Biroz oldinrolq, Saudiya Arabistoni IIV 47 kishi qatl qilingani, ular orasida shialar yetakchisi Nimr an-Nimr ham borligi haqida xabar qilgandi.

"Saudiya Arabistoni hukumati terrorchilarni va taqfirchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda hamda bu siyosatni tanqid qilganlarni qatl etmoqda", degan u.

Bundan oldinroq, Iroq tomoni bu voqeadan keyin Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishidan xavotirlanayotganini bildirgandi.