Jahon | 08:40 / 02.01.2016
2923
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya prezidenti 31 mart kuni AQShga boradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 2016 yilning 31 mart kunida AQShda o‘tkaziladigan Aksilyadroviy sammitda ishtirok etadi. Bu haqda Turkiyadagi mahalliy nashrlar 1 yanvar kuni Erdo‘g‘an Saudiya Arabistonidan qaytib kelganidan keyin xabar tarqatishdi.

Yadroviy xavfsizlikka bag‘ishlanadigan bunday sammitlarning hisob bo‘yicha to‘rtinchisi va oxirgisi 2016 yilning 31 martidan 1 apreligacha bo‘lgan kunlarda Vashingtonda o‘tkaziladi (Bundan oldingi sammitlar 2010 yilda Vashingtonda, 2012 yilda Seulda, 2014 yilda Gaagada bo‘lib o‘tgandi).

Oq uy tomonidan bu sammitda yuqori darajada boyitilgan urandan foydalanishni kamaytirish, maxfiy ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash, yadroviy kontrabandaga qarshi kurash va yadroviy terrorizm harakatlarining oldini olish bo‘yicha muhokamalar o‘tkaziladi va takliflar ko‘rib chiqiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish