Jahon | 17:03 / 03.01.2016
4373
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda harbiy vertolyot qulashi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning sharqidagi Logar viloyati hududida harbiy vertolyot qulashi natijasida 3 kishi halok bo‘lgan va yana 2 kishi jiddiy jarohat olgan. Bu haqda Assoshieyted Press axborot agentligi xabar tarqatdi.

Viloyat gubernatori yordamchisi bergan ma'lumotga ko‘ra, bu voqea mahalliy vaqt bilan soat 13:30da ro‘y bergan.

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi (Davlat Vaziri) vakili ma'lum qilishicha, vertolyot texnik nosozlik tufayli qulagan.