Jahon | 19:51 / 03.01.2016
11208
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik muhojir Rossiyada terakt haqda yolg‘on xabar tarqatdi

2 yanvar kuni, mahalliy vaqt bilan Rossiya IIV BBga qo‘ng‘iroq bo‘lib, o‘zini Timirgot Noir deb tanishtirgan erkak Novator bulvaridagi «Frantsuzskiy bulvar» savdo markaziga bomba qo‘yganligini aytdi. Tezkor olib borilgan surishtiruv ishlarida telefon raqami Markaziy Osiyodan kelgan 46 yoshli erkak nomida ekanligi aniqlandi. Bu haqda konkretno.ru xabar bermoqda.

Politsiya xodimlari savdo markazida Sankt-Peterburgda ro‘yxatdan o‘tmay yashab kelayotgan 39 yoshli o‘zbekistonlik Noir Temirbulatovni qo‘lga oldi. U bezorilikda ayblanmoqda.

Mahalliy vaqt bilan 15:40 dan 15:55 gacha savdo markazidan 300 kishi evakuatsiya qilingan. Soat 17:10 dan boshlab esa savdo markazi yana o‘z ishini davom ettirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish