Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:02 / 03.01.2016
4777
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya sohil nazorati xodimlari Egey dengizida 57 kishini qutqarib qoldi
Turkiya sohil nazorati xodimlari Egey dengizida noqonuniy 57 nafar muhojirni qutqarib qoldi. Bu haqda Daily Sabah gazetasi ma'lum qilmoqda.
Ular chiqib olgan qayiq Dikili shahri qirg‘oqlariga hech qanday shikastsiz yetib kelgan. (Izmir viloyati).
Uch nafar bemor bola va to‘qqiz nafar yoshi katta kishi vertolyot yordamida qutqarilgan. Tosh orolga dengiz nazorati kemasi kela olmaganligi sabab, qolganlar baliqchilar qayig‘ida qirg‘oqqa olib o‘tilgan.

Gazeta ma'lumotiga ko‘ra, muhojirlar Gretsiya tomon yo‘lga tushgan.