Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Saudiyada o‘lim jazosiga moratoriy kiritilishiga chaqirdi
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ra'd al-Husayn chop etilgan yangi bayonotida Saudiya Arabistoni rahbariyatini mamlakatdagi o‘lim jazosiga moratoriy kiritishga chaqirdi. Bu haqda First Post nashri xabar bermoqda.
U yaqin kunlarda mamlakatda 47 qatl hukmi ijro etilishi va bu kishilar orasida shia ilohiyotchisi shayx Nimron an-Nimrning borligi munosabati bilan chuqur tashvish va qayg‘uda ekanligini bildirdi. 2015 yilda al-Husayn shayxning hayotini saqlab qolish masalasida mamlakat hukumatiga murojaat qilgan edi.
Komissarning eslatib o‘tishicha, xalqaro huquqda o‘lim jazosining qo‘llanilishi faqatgina qasddan odam o‘ldirish jinoyatini jazolash holatlaridagina ko‘zda tutilgan.
“Saudiya Arabistonida o‘lim jazosining ijro etilishi holatlarining ko‘payib borayotgani bizni tashvishga solmoqda.
Mamlakat hukumatiga barcha qatllarga nisbatan moratoriy o‘rnatib, BMT va boshqa sheriklar bilan birgalikda terrorchilikka qarshi kurashning muqobil strategiyalari ustida ishlashni tavsiya qilamiz”, - deb xulosa qiladi al-Husayn.