Jamiyat | 23:21 / 04.01.2016
4735
2 daqiqa o‘qiladi

Estrada san'atkorlarini jonli ijro etishlarini rag‘batlantirish yanada kuchaytiriladi

O‘zbekistonda yil boshidan boshlab, estrada san'atkorlarini jonli ijro etishlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari yanada kuchaytiriladi. Bu haqda Sputnik nashri muxbiriga “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi vakili ma'lum qilgan.

Uning fikriga ko‘ra, fonogramma bugungi zamon talabi bo‘lib qoldi. Chunki u texnik va boshqa tomondan ketadigan xarajatlarning oldini oladi. Shu bois har bir san'atkor ham jonli ijro etishga qurbi yetmaydi.

"Birinchi toifali estrada-simfonik orkestri 101 nafar musiqachidan tashkil topgan bo‘ladi. Qaysi bir ijrochi buncha odamni yig‘a oladi? Buning ustiga ularning har biriga alohida haq to‘lash kerak bo‘ladi. Shu sabab qo‘shiqchilar minusovkalarni studiyalarda yozishadi. Muammo shundaki, fonogramma yozishayotganda jonli ovozlaridan foydalanishmaydi. Biz vaziyatni o‘rganib, uning ildizini topib yo‘q qilish hamda san'atkorlarni jonli ijro etishga rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiryapmiz”, – dedi "O‘zbeknavo" vakili.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish