Sport | 10:36 / 04.01.2016
3690
1 daqiqa o‘qiladi

Jyeymi Vardi jarohat tufayli kamida 2 hafta futbol o‘ynay olmaydi

"Lester" hujumchisi Jyeymi Vardi 2 yanvar kuni "Bornmut" jamoasiga qarshi o‘yinda jarohat olgan va u bu haftada kichik operatsiyani boshdan kechiradi. Bu haqda BBC Radio Leicester xabar beradi.

28 yoshli futbolchi chov qismidan jarohat olgan.

Futbolchining safga qaytishi uchun ikki hafta kerak bo‘ladi.

Shunday qilib, Vardi 10 yanvar kuni Angliya kubogining 1/32 finali doirasida "Tottenhem"ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

U shuningdek, APL doirasida 13 yanvar kuni "Tottenhem", 16 yanvar kuni "Aston Villa"ga qarshi kechadigan o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi.

Ma'lumot uchun, Vardi APLning joriy mavsumida 20 o‘yinda 15ta gol urgan.