Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» safarda «Valensiya» bilan durang o‘ynadi
Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati 18-turida "Valensiya"ga qarshi kechgan bahsda g‘alaba qozonishning uddasidan chiqa olmadi.
Lekin madridliklar bir kishi kam bo‘lib qolgan holda 2:2 hisobidagi durangga erisha olishdi.
"Real" safida gollar Karim Benzema (16) va Garet Beyl (82) hisobiga yozilgan. Mezbonlar safida esa Daniel Parexo (45) va Pako Alkaser (83) gol urishgan.
Uchrashuvning 68-daqiqasida "Real" safida Kovachich maydondan chetlatilgan va jamoa bitta kam bo‘lib o‘yinni yakunlashga majbur bo‘lgan.
Shu tariqa "Real" bir ochkoga ega bo‘ldi va jadvalda "Barselona"dan o‘tib ketish imkonini yo‘qqa chiqardi. Madridliklar 37 ochko bilan uchinchi o‘rinda, "Barselona" esa 1 o‘yin kam o‘tkazgani holda 39 ochko bilan ikkinchi o‘rinda. Turnir jadvalida 41 ochkoga ega bo‘lgan "Atletiko" peshqadamlik qilmoqda. "Valensiya" esa 23 ochko bilan 10-pog‘onaga joylashgan.
Ispaniya chempionati, 18 tur
"Valensiya" – "Real Madrid" 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 16 Benzema, 1:1 – 45, penalti Parexo, 1:2 – 82 Beyl, 2:2 – 83 Pako Alkaser.
"Valensiya" – Domenek, Aderlan Santos, Abdennur, Orban (Rodrigo, 80), Joau Kanselu, Danilo, Parexo (Negredo, 84), de Paul (Xavi Fuego, 87), Andre Gomesh, Barragan, Pako Alkaser.
"Real Madrid" – Navas, Pepe, Marselo, Danilo, Ramos, Modrich, Kroos, Kovachich, Beyl, Ronaldu, Benzema (Vaskes, 67).
Ogohlantirishlar: Pepe (45), Barragan (57).
Chetlatishlar: Kovachich (68).