Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni BMT Xavfsizlik Kengashidan Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumga e'tibor qaratishni so‘radi
Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr qirollik tomonidan BMT Xavfsizlik kengashiga o‘zining Eron va Iroqdagi diplomatik missiyalariga uyushtirilgan hujumlar bo‘yicha murojaat qilingani haqida xabar berdi. Bu haqda "Al-Arabiya" telekanalida ma'lum qilingan.
Al-Jubayrning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Eron tomonidan saudiyaliklarning Bag‘doddagi elchixonasiga hujum qilinishini tashkillashtirishi ehtimolini tekshirmoqda. Bir necha kun oldinroq, Saudiya Arabistoni Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida 25 yillik tanaffusdan keyin elchixonasi faoliyatini qayta tiklagandi.
Saudiya Arabistoni TIVning rasmiy vakilining aniqlik kiritishicha, BMT XK Eron hukumatidan Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga va Mashhaddagi konsulxonasiga hujum qilinishiga yo‘l qo‘yib berganiga izoh so‘rashi kerak.
Bundan oldinroq, Saudiya Arabistoni TIV rahbari Eron bilan diplomatik aloqalar buzilganini ma'lum qilgandi.