Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh Yaqin Sharqda faollashmaganida, dunyo tinchroq bo‘lar edi
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida agarda AQSh so‘nggi 13 yil davomida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika ishlariga aralashavermaganida, dunyo hozirgidan ko‘ra tinchroq bo‘lishi mumkinligini ma'lum qildi.
“Agarda biz Yaqin Sharqda hech narsa qilmaganimizda, hozirda tinchroq dunyoda yashayotgan bo‘lardik. Mana, Saddam Husayndan qutuldik. Men u yaxshi odam bo‘lgan, demayman. U yomon edi. Biroq biz nimaga erishdik – yanada yomonrog‘iga”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning boshqa xatolari ham bor: Liviyaga nisbatan munosabatida, natijada Muammar Kaddafiy qulatildi va o‘ldirildi; Suriya inqiroziga munosabat bo‘yicha amalga oshirilgan siyosat.
“Bularning barchasi IShID (ning paydo bo‘lishi)ga olib keldi. Bularning barchasi migratsiyaga olib keldi. Bularning barchasi odamlarning ommaviy qatl etilishi va vayronagarchiliklarga olib keldi”, - deya qo‘shimcha qildi milliarder.