O‘zbekiston | 15:59 / 05.01.2016
12547
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida O‘zbekistonda havo harorati 18 darajagacha ko‘tariladi

Joriy haftada Respublikaning ayrim hududlarida havo harorati +18 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Gidrometeorologiya markazidan ma'lum qilishlaricha, 7-8 yanvar kunlari respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

9-10 yanvar kunlari yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Kechasi harorat 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Ba'zi hududlarda harorat +18 darajaga yetishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish