Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:48 / 05.01.2016
3777
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda zilzila tufayli 2 ming kishi boshpanadan mahrum bo‘ldi
Hindiston hukumati mamlakat shimoli sharqida 4 yanvar kuni ro‘y bergan zilzila tufayli uylari vayron bo‘lgan va boshpanasiz qolgan taxminan 2 ming kishiga moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Bu haqda Assoshieyted Press xabar bergan.
Bundan oldinroq, 6,8 balli zilzila tufayli 10 kishi halok bo‘lib, 200dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, asosan Imphala shahri aholisi zilziladan talofat ko‘rgan va ayni vaqtda bu yerda uylari vayron bo‘lgan kishilar qarindoshlarining uylariga borib yashab turibdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish