Sport | 17:13 / 05.01.2016
2262
1 daqiqa o‘qiladi

Istomin yangi mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazdi. U 2016 yilgi tennis mavsumidagi ishtirokini Avstraliyaning Brisben shahrida start olgan turnirdan boshladi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.

Bugun o‘tkazilgan uchrashuvda Istomin qozog‘istonlik Mixail Kukushkinga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan bahsda Kukushkin 6:2, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. Endi Kukushkin ikkinchi davrada turnirning ikkinchi raketkasi yaponiyalik Kei Nisikori bilan bahs olib boradi.

Mukofot jamg‘armasi 461,330 dollardan iborat musobaqa oldidan Denis Istomin dunyo reytingida 61, Kukushkin esa 65-o‘rinni egallab turgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish