Jahon | 18:23 / 05.01.2016
5045
1 daqiqa o‘qiladi

Jahongiriy: Afg‘onistonning barqarorligi Eronning xavfsizligi kafolatidir

Afg‘onistonning barqarorligi Eronning xavfsizligi kafolatidir. Bu haqda Eron prezidentining birinchi o‘rinbosari Ishoq Jahongiriy Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla bilan muzokaralar chog‘ida aytib o‘tdi.

Abdulla Abdulla dushanba kuni Eronga uch kunliy safar bilan tashrif buyurdi.
“Afg‘onistonning barqarorligi Eron uchun muhim ahamiyatga ega, negaki bu Islom Respublikasida ham tinchlik va barqarorlik bo‘ladi degani”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Jahongiriy Eron o‘z tashqi siyosatida Afg‘onistonga muhim strategik o‘rin ajratishini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, u respublikasi afg‘onistonlik mehnat muhojirlari uchun vizalar uchun kvotalarni oshirishga tayyorligini ma'lum qildi.