Jahon | 15:20 / 05.01.2016
2914
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya sohillaridan cho‘kib halok bo‘lgan o‘nlab qochqinlarning jasadlari topildi

Turkiya hukumati 5 yanvar kuni Ayvali (Behili) shahri yaqinidagi qirg‘oqdan qayiq halokati tufayli suvga cho‘kib halok bo‘lgan o‘nlab kishilarning jasadini aniqladi. Bu haqda Hurriyet Daily News gazetasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Turkiyaning Izmir shahri portidan Gretsiyaning Lesbos oroliga qarab yo‘lga chiqqan 22 kishi mingan qayiq dovulga duch kelib, ag‘darilib ketgan. Turkiyalik huquqni muhofaza qilish organlari qidiruv amaliyoti o‘tkazib, halokatga uchraganlarning tanalarini topishgan.

Qayd etish kerakki, keyingi bir yilda Yaqin Sharqdan chiqqan qochqinlarning aksar qismi Turkiya orqali Gretsiyaga o‘tishmoqda va keyin Yevropaning boshqa mamlakatlariga (asosan Germaniyaga) yo‘l olishmoqda. Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilda 580 mingdan ortiq noqonuniy muhojir dengiz yo‘li orqali Yevropaga o‘tgan. Gretsiya yil boshidan buyon 441 mingdan ortiq muhojirni "kutib olgan".

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish