Sport | 10:28 / 05.01.2016
3732
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada chempioni boshqa sportchiga jiddiy jarohat yetkazgani uchun 10 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Janubiy Koreya og‘ir atletika federatsiyasi 2008 yilgi olimpiada chempioni, 77 kg vaznda ishtirok etuvchi Sa Je Xeukni 10 yilga sport faoliyatidan chetlatdi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, u boshqa bir sportchi Xvan U Manga jiddiy jarohat yetkazgani uchun jazolangan.

Jabrlangan sportchi o‘z jarohatlarini 6 hafta davomida davolashga majbur bo‘lishi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish