O‘zbekiston | 21:36 / 05.01.2016
5700
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qozog‘istonga yangi elchi tayinladi

5 yanvar kuni Ikrom Nazarov O‘zbekistonning Qozoog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, u bugunning o‘zida Olmaotaga jo‘nab ketgan.

Ma'lumot uchun, Ikrom Nazarov bungacha O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi Muvaqqat ishlar vakili, maslahatchi lavozimida ishlagandi.

Eslatib o‘tamiz, 21 dekabr kuni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Alisher Salohitdinov lavozimidan ozod qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish