Jahon | 17:29 / 05.01.2016
4373
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Saudiya Arabistoni va Eron munosabatlarini tiklash jarayonida ishtirok etishga tayyor

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Turkiya Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi mojaroni hal etishda ishtirok etishga tayyor ekanini e'lon qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Bu haqda o‘zi boshchilik qilayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasi yig‘ilishida ma'lum qildi. U mamlakatlar diplomatik kanallardan foydalanish lozimligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

“Zudlik bilan diplomatik kanallardan foydalanish lozim. Turkiya mazkur muammoni hal etish bo‘yicha har qanday konstruktiv yordamni ko‘rsatishga tayyor”, - dedi Dovudo‘g‘li.

Bundan avvalroq esa Turkiya Saudiya Arabistoni va Eronni “diplomatik til”da muloqot olib borishga chaqirgan edi.