Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:32 / 05.01.2016
3558
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoylik ayol parranda grippidan vafot etdi
Xitoyning Shenchjen shahrida 26 yoshli ayol parranda grippidan vafot etdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, ayol 30 dekabr kuni olamdan o‘tgan. Uning DNK tahlili shuni ko‘rsatdiki, u parranda bozoridagi qushdan kasallikni yuqtirgan.
Guandin viloyati aholisining e'tirof etishicha, yana uch kishi bunday xastalikka chalingani ma'lum.