Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:41 / 05.01.2016
3682
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya Saudiya Arabistoni va Eron elchixonalari oldida xavfsizlik choralarini kuchaytiradi
Saudiya Arabistoni va Eronning munosabatlari keskin yomonlashuvi munosabati bilan Tokio politsiya ushbu davlatlar elchixonalari joylashgan binolar oldida xavfsizlik choralarini kuchaytiradi.
NHK telekanali bergan ma'lumotlarga qaraganda, huquq-tartibot organlari qo‘riqlash qismlari tarkibini oshiradi, shuningdek, elchixonalar joylashgan tumanlardagi patrul mashinalar soni orttiriladi. Ikki davlatga oid muassasalar, jumladan, til maktablarini qo‘riqlash choralari kuchaytiriladi.