Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT XK KXDR yadro sinovi munosabati bilan favqulodda majlis o‘tkazadi
6 yanvar kuni BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaning vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani to‘g‘risidagi bayonoti bilan bog‘liq ravishda favqulodda majlis o‘tkazadi. Bu haqda TASS xalqaro tashkilotning bosh idorasidagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yopiq majlis Nyu-York vaqti bilan 11.00 da (Toshkent vaqti bilan 20.00) bo‘lib o‘tishi mumkin.
Mazkur xabarni Reuters agentligiga BMTdagi diplomatlar ham tasdiqlagan.
“Hozircha aniq vaqti tasdiqlanmagan, biroq uchrashuv bugunning o‘zida bo‘lib o‘tishi ehtimoli yuqori”, - dedi TASS suhbatdoshi.
RIA “Novosti” agentligi talqinida mazkur uchrashuv AQSh va Yaponiya tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda, deyiladi.Bundan avvalroq esa KXDR hukumati vodorod bombasi muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tganini tasdiqlagan edi.