Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya razvedkasi KXDRda vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilganini shubha ostiga oldi
Janubiy Koreya razvedkasi yadro sinovi keltirib chiqargan zilzila magnitudasi pastligini hisobga olgan holda KXDRda vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilganini shubha ostiga oldi, deya xabar bermoqda Ryonhap agentligi.
“Shimoliy Koreya vodorod bombasi haqida gapirmoqda, ammo o‘lchashlar (magnituda) bunday emasligini ko‘rsatmoqda”, - deya xabar berdi agentlik Koreya Respublikasi parlamentiga taqdim etilgan razvedka xulosalariga asoslangan holda.
“Uchinchi sinov vaqtida (2013 yil) portlash quvvati 7,9 kilotonna, zilzila magnitudasi 4,9 ballni tashkil etgan edi, bu safar esa portlash quvvati 6 kilotonna, magnituda esa yana ham past — 4,8", - deya tasdiqlamoqda Janubiy Koreya razvedkasi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, vodorod bombasining kuchi bir necha yuz tonnani tashkil etib, hattoki muvaffaqiyatsiz sinovda ham uning quvvati bir necha o‘n tonnadan iborat bo‘ladi.