Jamiyat | 16:48 / 06.01.2016
2535
1 daqiqa o‘qiladi

Lego muxlislari o‘z mini-egizaklarini buyurtma qilishi mumkin bo‘ladi

Funky 3D Faces internet do‘koni foydalanuvchining moslashtirilgan 3D-proyeksiyasini tayyorlash xizmatini ishga tushirdi. 30 dollar evaziga xaridor o‘z yuziga ega Lego o‘yinchog‘iga ega bo‘ladi. Bu haqda mashable.com sayti yozmoqda.

Bunday o‘yinchoqqa ega bo‘lish uchun xaridor do‘konga o‘zining yonlama va ro‘baro‘ rasmini yuborishi talab etiladi. Shuningdek, mijoz o‘zi uchun individual “tana” tanlashi mumkin.
Buyurtma ikki hafta mobaynida tayyor bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish