Jahon | 15:59 / 06.01.2016
2857
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: Qozog‘istonda korrupsiyaga qarshi kurash kun sayin tizimlashib boradi

Qozog‘iston hukumati korrupsiyaga qarshi kurash choralarini borgan sayin izchillashtirib, bir tizimga solib boradi. Bu haqda respublika prezidenti Nursulton Nazarboyev ma'lumot berdi.

Bugun rasmiy saytida chop etilgan “Millat rejasi – Qozog‘iston orzusi sari yo‘l” nomli maqolasida Nazarboyev korrupsiyaga qarshi kurash jiddiy tus olishini alohida qayd qilib o‘tdi.

Uning ta'kidlashicha, kurash uchun asos sifatida davlat apparati samaradorligini oshirish xizmat qiladi. Buning uchun mamlakatda davlat xizmati to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi; uning talablariga muvofiq, davlat xizmati bo‘yicha vazirlik tashkil etilib, uning strukturasiga korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha milliy byuro kiritildi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish