Jahon | 16:18 / 06.01.2016
4048
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya adliya vaziri: bizning sud tizimi ochiq va shaffofdir

Saudiya Arabistoni adliya vaziri Valid as-Sam'oniy mamlakat sudlarida terrorchilik bilan bog‘liq sud eshituvlarida isbot-dalillar yetarliligi va haqqoniyligi bilan bog‘liq murakkab metodikadan foydalaniladi. Shu bois uning fikricha, sudlarni noxolislikda va yanglish hukm chiqarishda ayblab bo‘lmaydi.

Bu bayonot Saudiya Arabistonida ijro etilgan 47 o‘lim hukmining haqqoniy sud qaroriga asoslanganligi BMT hamda bir qator davlatlar tomonidan shubha ostiga olinishi munosabati bilan berildi.

Arab advokatlari ittifoqi a'zosi Ahmad al-Jam'on al-Malkiyning ta'kidlashicha, Saudiya sud tizimi islom huquqiga, ya'ni Qur'on va Sunnaga asoslanadi.
“Saudiya Arabistoni hukm chiqarishda butunlay islom qoidalariga asoslanadigan dunyodagi yagona davlatdir”, - ta'kidladi u.

Al-Malkiyning ishontirishicha, qirollikda sud tizimi mustaqil faoliyat yuritadi. Oddiy eshituvlarda bir nafar sudya jalb etilsa, qo‘lni kesish yoki toshbo‘ron qilish bilan bog‘liq jazo belgilanishi mumkin bo‘lgan sudlarda uch sudya jalb etiladi.

Bundan tashqari, Apellyatsiya sudida va Oliy sudda besh nafardan sudyalar ishni har doim qayta ko‘rib chiqishga tayyor turadi. Shu tariqa, bunday qiyin ishlar bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilinguniga qadar uni kamida 13 sudya ko‘rib chiqadi.
“Sudlarimiz islom qonunlariga muvofiq mutlaqo ochiq va shaffof ishlaydi”, - xulosa qildi as-Sam'oniy.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish