Jahon | 20:59 / 07.01.2016
4778
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq HHK mamlakat g‘arbida IShIDning 75 jangarisini yo‘q qildi

Iroq harbiy-havo kuchlari mamlakat g‘arbida aviazarbalar oqibatida IShIDning kamida 75 jangarisini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Press TV telekanali.

Aviazarbalar jangarilarning Anbar viloyatidagi Tartar ko‘li yaqinidagi pozitsiyalariga berilgan. Shuningdek, ko‘plab jangarilar va “qurol-aslaha va portlovchi qurilmalari bo‘lgan transport vositalar” yo‘q qilindi.

Hozirda Iroq armiyasi Anbar viloyatida HHK, xalq ko‘ngilli jangchilari va AQSh boshchiligidagi koalitsiya ko‘magida jangchilarga qarshi faol jangovor harakatlar olib bormoqda.