Jahon | 13:39 / 07.01.2016
4513
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va AQSh KXDRga qarshi yangi sanksiyalar ishlab chiqadi

Koreya Respublikasi va AQSh prezidentlari KXDR tomonidan 6 yanvar kuni amalga oshirilgani da'vo qilinayotgan vodorod bombasi sinovlariga qarshi chora o‘laroq qo‘shimcha iqtisodiy va siyosiy sanksiyalarni hamkorlikda ishlab chiqish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

“Pak Kin Xe va Barak Obama 20 daqiqalik telefon suhbati davomida Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini buzganligi uchun badal to‘lashi kerakligi haqida bir fikrga kelishdi”, - deyiladi tarqatilgan xabarnomada.

Bundan tashqari, Obama Janubiy Koreyaning xavfsizligini ta'minlash uchun barcha choralarni ko‘rishga tayyorligini ishontirib aytgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish