Jahon | 23:18 / 07.01.2016
4638
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel Kyolndagi voqealar haqida: Germaniya qonunni hurmat qilmaydiganlarga aniq ishora berishi kerak

Germaniya fuqarolari Kyolndagi voqealarga huquqiy davlatning adolatli javobini kutish bilan yashamoqda.

Germaniya mahalliy qonunlarga hurmat qilmaydiganlarga bosim o‘tkazishi lozim. Bu haqda Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkel Ruminiya bosh vaziri Dachian Cholosh bilan bergan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

“Biz qayta va qayta bizning madaniy o‘zaro mavjudligimiz asoslari haqida gapirishimiz kerak. Odamlar bu so‘zlardan keyin harakatlar amalga oshirilishiga to‘liq huquqqa egalar. Va bu yerda bizning tartib-qoidalarimizga amal qilishni istamayotganlarga aniq ishora berish uchun biz Germaniyaga kirish va undan deportatsiya qilish masalalari bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha narsani qilganmizmi-yo‘qmi tekshirishimiz lozim”, deb aytdi Merkel.

Merkel shu tariqa Kyolnda yangi yil kechasi sodir bo‘lgan voqealarga javob berdi. O‘sha voqealarda “arab va afrikaliklar qiyofasidagi” minglab yoshlar guruhlarga bo‘linib, ayollarga tajovuz qilgan.

Politsiyaga ushbu jinoyatlar yuzasidan 121 ta shikoyat tushgan.

“Yangi yil kechasi yuz bergan vaziyatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Huquqiy davlat bunday jinoyatlarga ko‘z yuma olmaydi”, deb aytdi Merkel.

Avvalroq Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer qonunbuzar muhojirlarga nisbatan tez sur'atlardagi deportatsiya jarayonini qo‘llash foydasiga fikr bildirdi. “Jiddiy jinoyatlarni amalga oshiruvchilar ular qanday maqomda bo‘lishlaridan qat'i nazar, Germaniyadan deportatsiya qilinishini kutishi kerak”, deb aytdi de Mezer.