Jahon | 20:54 / 07.01.2016
4022
1 daqiqa o‘qiladi

Somali TIV Eron bilan diplomatik munosabatlar uzilganini e'lon qildi

Somali Tashqi ishlar vazirligi Eron bilan diplomatik aloqalar uzilgani haqida e'lon qildi. Bu haqda Frans Press nashri xabar tarqatgan.

"Bu qaror sinchkovlik bilan o‘tkazilgan tekshiruvlardan keyin, Eronning Somali ichki ishlariga aralashi oldini olish maqsadida qabul qilindi", deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, eronlik diplomatlarga mamlakat hududini tark etish uchun 72 soat muhlat berilgan.

Saudiya Arabistoni 3 yanvar kuni Eron bilan Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujum tufayli diplomatik munosabatlarni uzgani haqida ma'lum qildi.

Undan oldinroq, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistonida shialar xatibi Nimr an-Nimrni qatl qilgach, eronliklar darg‘azab bo‘lishgan va saudiyaliklarning Tehrondagi elchixonasini yoqib yuborishgan, Mashhaddagi konsulxonasiga jiddiy zarar yetkazishgandi.

Keyingi kunlarda Bahrayn va Sudan ham Eron bilan munosabatlarni uzdi, BAA, Kuvayt, Qatar hamda Iordaniya kabi davlatlar esa Tehrondagi elchilarini chaqirib oldi.